"Real" va "Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida yana to'qnash keladi. Ispaniya Superkubogining har ikki finalchisi ma'lum bo'ldi.

"Real" bugun "Atletiko"ni (2:1) mag'lub etgan bo'lsa, "Barselona" kecha "Atletik"ni (5:0) tor-mor etdi.

Klasiko ketma-ket to'rtinchi marta Superkubokning hal qiluvchi o'yinida bo'lib o'tadi. O'tgan yillar davomida "blaugrana" ikki marta, madridliklar bir marta g'alaba qozondi.

"Real"ning "Barselona" bilan o'yini 11 yanvarga belgilangan.