"Real" kelasi yozda "Bavariya" futbolchisining transferini amalga oshirishni maqsad qilgan

"Bavariya"ning Vensan Kompani uchun eng muhim futbolchilaridan biri kelasi yozda Frantsiya terma jamoasidagi do'sti Kilian Mbappe bilan bir jamoada o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Maykl Olise keyingi yozda o'ng qanot hujumini kuchaytirish uchun "Real"ning ustuvor vazifasiga aylandi. Eslatib o'tamiz, avvalroq "qirollik klubi"ning amaldagi futbolchisi madridliklar rahbariyatiga ushbu transferni ko'rib chiqishni maslahat bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aftidan, rahbarlar Kilianning so'zlariga quloq solishga qaror qilishgan.
Uning "rekormasterlar" bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt sayti ma'lumotlariga ko'ra, narx 100 million evroni tashkil etadi. Bu mavsumda u 7 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.