"Real" "kattalari"ning Alonso bo'yicha hozirgi pozitsiyasi qandayligi aytildi

"Real" ketma-ket uch durangdan so'ng Ispaniya La Ligasida peshqadamlikni boy berdi. Xabi Alonso Madrid jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilishi haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Biroq, ispan ommaviy axborot vositalari, jumladan Defensa Central xabariga ko'ra, ayni paytda "qaymoqranglilar" bosslari Alonsoni to'liq qo'llab-quvvatlamoqda. Klubdagilar Xabi vaziyatni o'nglay olishiga ishonishmoqda.
Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, agar "Real" keyingi o'yinlarda ham yomon natijalar ko'rsatishda davom etsa, Alonsoning pozitsiyasi zaiflashishi mumkin.
Hozirda "Real" peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolmoqda.