"Real" Kamavinganing holati bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi

Madridning "Real" klubi markaziy yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga "Atletik"ka qarshi o'yinni oxirigacha etkaza olmay, almashtirilgandi.
Bugun 23 yoshli frantsuz tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Unda to'piq bog'lamlarining engil cho'zilishi aniqlangan.
Shikastlanish jiddiy emas. Eduardo 7 dekabrga belgilangan "Selta"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.