Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga, katta ehtimol bilan, mavsumlararo tanaffus paytida jamoani tark etadi.

"Qaymoqranglilar" endilikda frantsiyalik futbolchini "dahlsiz" deb hisoblamayapti – klub uni kelayotgan yozda sotishga tayyor. Futbolchining o'zi esa allaqachon faoliyatini davom ettirish uchun turli variantlarni o'rganmoqda, deb xabar bermoqda Marca. Eng ehtimoliy stsenariy sifatida 23 yoshli yarim himoyachining Angliya Premer-ligasi klublaridan biriga o'tishi aytilmoqda.

Transfermarkt ekspertlari Eduardo Kamavinganing bozor qiymatini 50 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda futbolchi "Real"ning barcha turnirlardagi 35 ta o'yinida ishtirok etib, o'z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.