«Real» klubi Joze Mourino uchun «Benfika»ga belgilangan mablag'ni to'lab berdi.

Avvalroq, madridliklar shu yakshanba yoki dushanba kuniyoq portugaliyalik mutaxassisning bosh murabbiylik lavozimiga qaytganini rasman e'lon qilishi haqida xabar berilgan edi.

Sky Sport Italia nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya klubi 18 may kuni lissabonliklarga 63 yoshli mutaxassisning shartnomasida ko'rsatilgan 3 million evro miqdoridagi tovon pulini to'liq o'tkazib bergan. Endilikda «Real» Mourino bilan rasmiy shartnoma imzolashi mumkin.