"Real" mavsumda faqat bitta o'yinda g'alaba qozona olmadi.

Xabi Alonso jamoasi bugun La Liganing 8-turida "Vilyarreal"ni (3:1) mag'lub etdi.

Bu madridliklarning joriy mavsumdagi o'ninchi o'yini bo'ldi. Ular chempionatda ettita, Chempionlar ligasida ikkita g'alabaga erishdi. Yagona mag'lubiyat - Primerada "Atletiko"ga (2:5).

19 oktyabr kuni "Real" "Xetafe" bilan, 22 oktyabrda "Yuventus" bilan, 26 oktyabrda "Barselona" bilan to'qnash keladi.