«Real» JCh-2026'dan keyin shov-shuvli transfer tayyorlamoqda

Frantsiya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Maykl Olise hali ham Madridning «Real» klubi transfer short-listida turibdi. Bu haqda insayder Xose Feliks Dias ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lum qilishicha, «qirollik» klubi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati yakunlanganidan so'ng frantsuz vingerini qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi.
Transfermarkt portali mutaxassislari Olisening bozor qiymatini 150 million evroga baholamoqdalar. Uning «Bavariya» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz