Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni Madridning «Real» klubi qiziqishlar doirasida qolmoqda.

So'nggi vaqtlarda 27 yoshli futbolchining transferi haqidagi mish-mishlar biroz tinchigan edi, biroq o'tish hali ham istisno etilmayapti. La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko'ra, «qirollik» klubi italiyalikni tarkibga qo'shib olish fikridan voz kechgani yo'q. Kelishuv taqdiri ko'p jihatdan «qaymoqranglilar» murabbiyi Joze Mourinoning qaroriga bog'liq bo'ladi.

«Inter» Alessandro Bastonining sotuvidan kamida 70 million evro ishlab olmoqchi. Yaqinda «neradzurrilar» rahbariyati futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.