«Real» ispaniyalik hujumchini o'z tarkibida saqlab qolishi mumkin

Ispaniyalik markaziy hujumchi Gonsalo Garsiya kelgusi mavsumda ham Madridning «Real» klubida qolishi mumkin. Bu haqda ESPN jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining «qirollik» klubida qolish imkoniyatlari ancha yuqori baholanmoqda.
Garsiyaning bozor qiymati 30 million evroni tashkil etadi. Hujumchi va «qaymoqranglilar» o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Yakunlangan mavsumda Gonsalo 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Forvard o'z hisobiga 8 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, keyingi mavsumdan boshlab «Real Madrid» klubini portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino boshqaradi.
Manba: Stadion.uz