"Real" Ispaniya Superkubogida ishtirok etishi uchun qancha daromad olishi ma'lum bo'ldi

Ispaniya Superkubogida ishtirok etish "Real"ga mo'may daromad keltiradi.
"Qirollik klubi" turnir bahslari bo'lib o'tadigan Saudiya Arabistoniga borganining o'ziyoq 6,15 mln evroga yaqin mablaqqa ega bo'lishi kafolatlangan, deb xabar beradi Diario AS. Bundan tashqari, "qaymoqranglilar"ni finalga chiqqan taqdirda 1 mln evro bonus kutmoqda, hal qiluvchi bahsdagi g'alaba esa Madrid grandini yana 2 mln evroga boyitadi. Shunday qilib, umumiy daromad 9 mln evrodan oshishi mumkin.
8 yanvar kuni Xabi Alonso jamoasi yarim finalda "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi. Derbi g'olibi finalda "Barselona" yoki "Atletik" bilan o'ynaydi.