Denzel Dyumfris «Real»ga o'tmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, madridliklar «Inter»ga 20 million evro to'laydi — himoyachining shartnomasida belgilangan tovon puli shunchani tashkil etadi.

Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi bilan barcha shartlar kelishib olindi, muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi, endi tomonlar bitimni rasmiylashtirish ishlariga kirishadi.

Dyumfris 2021/22 yilgi mavsumdan buyon «Inter» safida to'p surib kelayotgan edi.