"Real" qatorasiga uchinchi marta Angliya jamoasiga yutqazdi.

Xabi Alonso jamoasi bugun EChL umumiy bosqich 4-turida "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi.

Avvalgi ikki o'yinda ham madridliklar APL vakiliga mag'lub bo'lishgandi. O'tgan mavsumdagi EChL chorak finalida "Arsenal" dastlab "Real"ni 3:0, keyin esa 2:1 hisobida mag'lub etgandi.