«Real» ingliz klubi yulduzini o'z short-listiga kiritdi

«Vest Xem»ning portugaliyalik yarim himoyachisi Mateush Fernandesh faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Diario AS gazetasi xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Fernandesh «Real»ning yozgi transfer oynasi uchun belgilangan nishonlari ro'yxatidan joy olgan. Biroq, 21 yoshli xavbekka boshqa ko'plab top-klublar ham qiziqish bildirmoqda.
«Bolg'achilar» Angliya Premer-ligasidan tushib ketganidan so'ng, o'z yulduzini 93 million evro evaziga qo'yib yuborishlari kutilmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda jami 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 bor ishg'ol qildi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.