Bu haqda Fransiyaning L’Équipe nashri xabar berdi.

Sentyabr oyida madridliklar ijtimoiy tarmoqlarda Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Jud Bellingem va Mark Kukurelya "Oltin to'p" uchun nomzodlar qatoriga kiritilganini ma'lum qilgan edi.

2024 yilda "Real" marosimda qatnashishdan bosh tortgan. Klub Vinisius Junior emas, balki "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri g'olib bo'lishini bilgach, Parijga borish qarorini bekor qilgan edi. Shundan keyin madridliklar mukofotni boykot qilib, hatto 2025 yilda jamoa futbolchilari nomzodlar qatoriga kiritilganida ham "Oltin to'p" haqida X va Instagram sahifalarida hech qanday xabar e'lon qilishmagan.

"L’Équipe" ma'lumotiga ko'ra, bu yil klub marosimda ancha keng tarkib bilan ishtirok etadi. 26 oktyabr kuni "Real"ning bir nechta nomzodi Londonga yo'l oladi.

Klub vakillari boshqa nominaciyalarda ham ishtirok etishmoqda. Tibo Kurtua "Mavsum darvozaboni" mukofotiga nomzod bo'lsa, Yan Diomande Golden Boy sovrini uchun kurashadi. Feliciya Shryoder esa ayollar o'rtasidagi shu kabi mukofotga da'vogarlardan biri hisoblanadi.