«Real» hujumchisiga to'rtta yirik da'vogar bor

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya yozgi transfer oynasida boshqa klubga o'tishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchi «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibiga kira olmayapti, shu sababli yoz yaqinlashgani sayin uning ketishi haqidagi mish-mishlar avj olmoqda. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 22 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga «Yuventus», «Roma», Dortmundning «Borussiya»si va Angliya Premer-ligasining nomi oshkor etilmagan vakillari qiziqish bildirmoqda.
Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari Gonsalo Garsiyaning qiymatini 30 mln evroga baholamoqda. Joriy mavsumda hujumchi madridliklar safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.