«Real» hujumchisi Gonsalo Garsiyaga yangi da'vogar paydo bo'ldi

«Real» hujumchisi Gonsalo Garsiya shu yozda klubini o'zgartirishi mumkin.
Jurnalist Gonsalo Tortosaning ma'lumotlariga ko'ra, «Betis» forvardni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Jamoa markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi, Garsiya esa «Betis»ning short-listida birinchilardan bo'lib turibdi.
Gonsalo Garsiya «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi Madrid klubi safinda barcha turnirlarda 39 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Garsiyaning qiymatini 30 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar