Madridning “Real” klubi himoyachilaridan birining ahvoli borasida xavotirlar kuchaymoqda. Din Xyoysen "Barselona"ga qarshi muhim o'yinga tayyor bo'lmasligi mumkin.

Xyoysenning tiklanishi uchun 12-15 kun kerak bo'lishi kutilgandi. Bu holatda u "klasiko" oldidan maydonga qaytishi kerak edi.

Biroq, AS nashrining xabar berishicha, Xyoysenning tiklanishi kutilganidan sekinroq kechmoqda. "Real Madrid" tibbiyot shtabi ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni rejalashtirmoqda.