Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (3:0) jarohat olib safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.

Marca xabariga ko'ra, frantsuz himoyachisi son mushaklaridan olgan jarohatini davolash uchun kamida 2 hafta vaqt ketadi.

Mendi mart oyidagi FIFA kunlaridan so'ng safga qaytishi kutilmoqda.