"Real" himoyachisining "Jirona"ga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida turibdi

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio katta ehtimol bilan ertangi "Jirona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Marca xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchida gastroenterit aniqlangan. U jamoaning bugungi umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmagan.
Raul Asensio joriy mavsumda jami 12 ta o'yinda maydonga tushdi va golli harakatlar amalga oshirmadi.