Madridning "Real" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi Viktor Valdepenyas Evropaning grand klublari e'tiborini tortdi.

BILD nashri xabariga ko'ra, 19 yoshli ispaniyalik chap qanot himoyachisini yanvar oyida "Arsenal" va "Borussiya" Dortmund o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.

Hozirda Valdepenyas Transfermarkt portalida 500 ming evroga baholanmoqda. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.