"Real" himoyachisi safga qaytdi

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger jarohatidan tuzaldi.
32 yoshli germaniyalik futbolchi 30 noyabrga belgilangan "Jirona"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritiladi. Futbolchining maqsadi "Manchester Siti"ga qarshi EChL o'yiniga (10 dekabr) 100 foiz formada etib borish.
Ryudiger joriy mavsumda 1 ta o'yinda harakat qildi.