"Real" himoyachisi Raul Asensio payshanba kuni jamoa mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi. Bu haqda Madrid klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Asensio grippga o'xshash alomatlar tufayli mashg'ulotni o'tkazib yubordi", - deyiladi "qaymoqranglilar" rasmiy saytidagi xabarda.

"Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Birinchi "Barselona"dan Alvaro Arbeloa jamoasi bir ochko ortda qolmoqda.