"Real Madrid B" jamoasi markaziy himoyachisi Viktor Valdepenyas faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

18 yoshli futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.

Yosh ispaniyalik hali "Los-Blankos"ning asosiy jamoasida debyut qilganicha yo'q.

Viktor Valdepenyasning "Real" bilan shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.