«Real» himoyachisi Alabaga yangi da'vogar paydo bo'ldi

Manbalar xabariga ko'ra, «Real Madrid»ning avstriyalik himoyachisi David Alaba yozda jamoasini o'zgartiradi.
Madridliklar futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Alaba Bundesligaga qaytishi mumkin. Unga «Hoffenhaym» klubi qiziqish bildirgan. Futbolchining taxminiy bozor qiymati — 4 million evro.
David Alaba «Real» safida La Ligada 76 ta uchrashuvda maydonga tushgan. U shu o'yinlarda 3 ta gol urgan va 7 ta golli pas bergan.
Manba: football24.ru