«Real» himoyachisi 6-8 hafta pauza qilishi kerak

Raul Asensio og'ir jarohat olganiga qaramay, o'yinlarda tanaffus qilishni istamayapti.
Avvalroq, "Real" himoyachisi katta boldir suyagi singan holda o'ynayotgani ma'lum bo'lgandi.
Marca xabariga ko'ra, futbolchining tiklanishi uchun 6-8 hafta kerak bo'ladi. Vaziyatni tushuntirishganida, Asensio "Men hozir ham, keyin ham o'ynashni to'xtatmayman," degan.