Madridning "Real Madrid" klubi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi — RFEF tomonidan taklif etilgan hakamlik tizimini isloh qilish loyihasida ishtirok etishdan bosh tortdi. «Qirollik klubi» bosh direktori Xose Anxel Sanches tashkilotga bu boradagi uchrashuvlarda endilikda qatnashmasligini ma'lum qilgan. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «Real»da La Liga hakamlik nuqtai nazaridan adolatli musobaqa emas, degan fikr shakllangan. Bu pozitsiya jamoaning 31-tur doirasidagi "Jirona"ga qarshi (1:1) o'yinidan keyin yanada mustahkamlangan. O'sha bahsda Kilian Mbappega nisbatan qoidabuzarlik uchun penalti belgilanmagani klubda norozilik uyg'otgan. «Real»da bu xatoning nega tuzatilmaganini tushunishmayapti.

Hozirgi paytda Ispaniya grandi va RFEF o'rtasida «o'ta sovuqlik» hukm surayotgani aytilmoqda. «Real» federatsiya bilan munosabatlarni tiklash niyatida emas.

Manba: championat.com