"Real"ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin jamoasini o'zgartirishi mumkin. Darvozabon "Vilyarreal" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda OK Diario nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "sariq suvosti kemasi" Luninga 10 mln evrodan ko'proq taklif qilishga tayyor. "Real" futbolchiga o'rinbosar topsa, uni sotishga tayyor bo'ladi.

Avvalroq OAV Luninni Evropaning boshqa top-ligalari jamoalari bilan bog'lagandi. Xususan, unga Italiyaning "Inter" va "Milan" klublari qiziqish bildirgan.