"Real" futbolchisi yaqinda olgan jarohatiga qaramay, keyingi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga maydonga qaytishga tayyor. 23 yoshli futbolchi noyabr oyida bo'lib o'tadigan JCh-2026 saralash o'yinlari uchun Frantsiya terma jamoasi qarorgohiga yo'l oldi, ammo jarohati tufayli u erda o'ynamadi. Marca xabariga ko'ra, Xabi Alonso Kamavingani La Liganing navbatdagi turida "Elche"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda tushirishni rejalashtirmoqda.
Ispaniya chempionatining 13-turidan o'rin olgan "qaymoqranglilar"ning safar uchrashuvi yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Joriy mavsumda Eduardo Kamavinga "Real" safida barcha musobaqalarda 11 marta maydonga tushib, bitta gol muallifi bo'ldi.