Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Frantsiya terma jamoasi qarorgohida jarohat oldi.

23 yoshli futbolchi "uchranglilar" mashg'ulotini o'tkazib yubordi. Jurnalist Fabris Xokins xabariga ko'ra, xavbek tizza osti payidan jarohat olgan, shu sababli u Ukrainaga qarshi JCh-2026 saralashida maydonga tusha olmaydi. Dide Desham yo'qotish o'rnini to'ldirish uchun allaqachon "Yuventus"dan Kefren Tyuramni jamoa safiga chaqirgan.

Frantsiya va Ukraina terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv payshanba kuni bo'lib o'tadi. Uch kundan so'ng frantsuzlar Ozarbayjonga qarshi maydonga tushadi.

Kamavinganing ketish muddati haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q.