"Real" futbolchisi sobiq klubiga qaytishga qaror qildi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos faoliyatida burilish yasashga qaror qilgan ko'rinadi. Insayder Xorxe Pikonning xabar berishicha, futbolchi o'z qadrdon jamoasiga qaytish istagida.
"Sebalos "Betis"ga qaytishni orzu qiladi va buni kelayotgan yozda amalga oshirishga harakat qiladi", — deydi Pikon.
Ma'lumotlarga ko'ra, Dani Madrid klubidagi zaxira o'rindig'idan ko'ra, "Betis"da asosiy tarkib o'yinchisi bo'lishni afzal ko'rmoqda. Klublar o'rtasidagi muzokaralar yozgi transfer oynasi vaqtida boshlanishi kutilmoqda.