"Real" futbolchisi "Napoli"da de Bryuynening o'rnini egallashi mumkin

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos "Napoli" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Italiyaning amaldagi chempioni Kevin de Bryuyneni uzoq vaqtga yo'qotdi. Belgiyalik jarohat tufayli taxminan to'rt oyni o'tkazib yuboradi. Sky Sports xabariga ko'ra, neapolliklar uning o'rniga "qaymoqranglilar" safida kamdan-kam maydonga tushadigan Sebalosni taklif qilgan. O'tish qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.
29 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda "Real"ning barcha musobaqalardagi 8ta o'yinida maydonga tushib, samarali harakat qilmadi.