"Real" futbolchisi La Liga etmaganidek endi EChLda ham diskvalifikatsiyaga uchradi

Chorshanba oqshomida matbuotda "Real" himoyachisi Alvaro Karreras La Ligada ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilingani haqida ma'lumot paydo bo'ldi. Karreras "Selta"ga qarshi o'yin oxirida hakamga aytgan so'zlaridan so'ng maydondan chetlatildi.
La Ligadagi diskvalifikatsiyadan so'ng, Alvaro Karreras Chempionlar Ligasida ham diskvalifikatsiya oldi. Himoyachi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda sariq kartochka olgan va ogohlantirishlar ko'paygani tufayli musobaqaning navbatdagi o'yinini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
Karreras Chempionlar Ligasi 7-turidan o'rin olgan "Monako"ga qarshi 20 yanvar kungi o'yinda maydonga tushmaydi, ammo 28 yanvar kuni sobiq klubi "Benfika"ga qarshi ishtirok etishi mumkin.
"Real" o'z maydonida "Manchester Siti"ga yutqazdi - 1:2.