"Real" futbolchisi jarohat sabab terma jamoasi qarorgohini tark etdi

Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin jarohati sabab Ukraina terma jamoasi yig'inini tark etdi.
26 yoshli golkiperning hozircha qanday jarohat olgani aniq emas. U Madridga qaytadi va tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
Lunin bu mavsumda hali birorta o'yinda maydonga tushmagan.