Madridning «Real» klubi marokashlik vingeri Braim Diasning kelajagi borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi so'nggi kunlarda bir nechta takliflar olganiga qaramay, «Real»da qolishga qaror qilgan. Avvalroq, «qaymoqranglilar» ham hujumchi bilan shartnomani uzaytirishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Yakunlangan klub mavsumida Dias barcha turnirlarni hisobga olgan holda 42 ta o'yinda maydonga tushdi, ikkita gol urdi va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Diasning «Real» bilan amaldagi shartnomasi keyingi yozda o'z nihoyasiga etadi. Transfermarkt mutaxassislari o'yinchini 35 million evroga baholashmoqda.

Manba: Stadion.uz