«Real» futbolchisi bir yilga safdan chiqishi mumkin

Madridning «Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendi o'ng oyoq sonidagi mushak yirtilishi sababli operatsiya qilinadigan bo'ldi.
Fussball Transfers nashrining xabariga ko'ra, 30 yoshli frantsiyalik futbolchining tiklanish muddati borasida turli ma'lumotlar tarqalmoqda:
El Mundo nashri Mendining safga qaytishi uchun taxminan 4-5 oy vaqt kerakligini aytmoqda.
Cadena COPE radiostantsiyasi esa ancha xavotirli xabar tarqatdi — himoyachi bir yilgacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
Mendining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027/2028 yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi. Bu yo'qotish «el-klasiko» oldidan va umuman mavsum finalida madridliklar himoya chizig'i uchun katta zarba bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, «Real» La Liga turnir jadvalida «Barselona»dan 11 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.