"Real" futbolchisi "Barselona"ning AQShdagi o'yini haqida fikr bildirdi

Madridning "Real" klubi xavbeki Dani Sebalos La Liganing "Vilyarreal" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi bahsni AQShda o'tkazish qarori haqida gapirdi.
"Men bu qarorni sevgan qizim bilan muhokama qildim. Men uchun La Liga ishlariga tashqi aralashuv borligi aniq," - deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi Sport.es.
Ispaniya chempionatining 8 turidan so'ng "qirollik klubi" 21 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi. Xabi Alonso shogirdlari 2-o'rindagi Kataloniyaning "Barselona" jamoasidan 2 ochkoga oldinda bormoqda.