"Real" futbolchisi Afrikada futbol maktabi ochadi

Madridning "Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga Angolada bolalar futbol akademiyasini ochmoqchi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Kuni kecha futbolchi 23 yil avval tug'ilgan mamlakatiga uchib keldi. U erda Yoshlar va sport vazirligiga tashrif buyurdi.
"Men o'z mamlakatimga qaytganimdan va uning rivojlanishiga hissa qo'shish imkoniyatiga ega bo'lganimdan juda xursandman," - dedi Kamavinga.