«Real Madrid» futbolchilari Kilian Mbappe etarlicha etakchilik fazilatlarini namoyon eta olmayapti deb hisoblashmoqda, deya xabar berdi COPE jurnalisti Xuanma Kastano.

«Real»ning yopiq eshiklari ortida Mbappeni kutilganidek etakchi emas deb hisoblashmoqda. U na kiyinish xonasida va na maydonda boshqa o'yinchilar uchun sardorlik rolini bajara olmayapti. Ular Kiliandan ko'proq narsa kutishgan edi», — dedi Kastano El Partidazo de COPE efirida.

Jurnalistning so'zlariga ko'ra, frantsiyalik hujumchiga bu borada katta umid bog'langan edi, chunki madridliklarning yana bir yulduzi Vinisius Juniorni «himoya qilish va unga ko'z-quloq bo'lib turish» kerak.