«Real» futbolchilari JCh-2026 to'purarlari orasida etakchilik qilmoqda

"Real Madrid" klubi futbolchilari JCh-2026 da eng sermahsul o'yin ko'rsatayotgan klub vakillari bo'lib turishibdi.
Opta ma'lumotlariga ko'ra, «Qirollik klubi» futbolchilari joriy mundialda jami ettita gol urgan. Bu esa dunyo klublari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.
«Real»ning gollariga Kilian Mbappe 4 ta, Vinisius Junior 2 ta va Jud Bellingem 1 ta gol bilan hissa qo'shgan.
Ikkinchi o'rinni kutilmaganda "Kristal Pelas" egallab turibdi. London klubi futbolchilari mundialda oltita gol muallifi bo'lishgan.
Jamoa safida Daiti Kamada, Daniel Munos va Ismaila Sarr ikkitadan gol urgan.
Qizig'i shundaki, JCh-2026 boshlangunga qadar «Kristal Pelas» tarixida jahon chempionatlarida gol urgan yagona futbolchi Mayl Edinak edi. U 2014 yilgi jahon chempionatida Niderlandiyaga qarshi bahsda gol urgan.
Shu tariqa, «Real» futbolchilari JCh-2026 ning klublar kesimidagi to'purarlar reytingida peshqadam bo'lib turibdi. «Kristal Pelas» esa ko'plab Evropa grandlarini ortda qoldirib, reytingning eng katta syurpriziga aylandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar