Madridning «Real» klubi bitta Jahon chempionatida bitta klub a'zolari tomonidan kiritilgan gollar soni bo'yicha mutlaq rekordni yangiladi. Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingemning Norvegiya darvozasiga urgan ikkita golidan (2:1) keyin «Real» futbolchilarining mazkur turnirdagi gollari soni 19 taga etdi.

Bungacha bo'lgan rekord 18 ta golni tashkil etardi. Ushbu natija JCh-1954 musobaqasida Vengriyaning «Gonved», JCh-2014da Germaniyaning «Bavariya» hamda JCh-2018da Frantsiyaning «PSJ» klublari futbolchilariga tegishli edi.

Ayni damda Bellingemning hisobida ushbu turnirda 6 ta gol mavjud. Bundan tashqari, «qaymoqranglilar»dan Kilian Mbappe (8 ta gol), Vinisius Junior (4 ta) va Arda Gyuler (1 ta) mundialda raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga ulgurdi.

Manba: Stadion.uz