«Real» futbolchilari har bir g'alabadan keyin nonushtani murabbiydan qabul qilib olishadi

«Real Madrid» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa g'alabali o'yinlarning ertasiga kiyinish xonasiga nonushta bilan keladi va uni barcha futbolchilarga tarqatadi. Bu haqda jurnalist Edu Agirre ma'lum qildi.
«Alvaro o'yinchilarga: «Yigitlar, nonushta vaqti», deydi. U aylanib yurib, hammaga kruassanlar, ponchiklar tarqatadi...» — dedi Agirre.
Sobiq futbolchi va sharhlovchi Xavi Balboaning ta'kidlashicha, Arbeloa bunday usulni «Kastilya»dagi faoliyati davomida ham qo'llagan — bu muhim o'yinlardagi g'alaba yoki yaxshi natijalar seriyasi uchun o'yinchilarni rag'batlantirishning bir yo'li hisoblanadi.
Madridliklar Xabi Alonso iste'foga chiqqanidan so'ng, Arbeloa qo'l ostida 17 ta o'yindan 13 tasida g'alaba qozonishdi.