Madridning "Real" klubi futbolchilarining o'rtacha yillik maoshi 2025/2026 yilgi mavsumda 11,2 mln evroni tashkil etadi, deb yozadi L'Equipe Capology data’ga tayanib. Bu summa Evropaning aksariyat top-klublarinikidan 60 foizga ko'p. Qayd etilishicha, "qaymoqranglilar" o'tgan mavsumda futbolchi uchun o'rtacha 12 mln evro sarflagan.

Reytingda ikkinchi o'rinni Kataloniyaning "Barselona" klubi (7,91 mln evro), uchlikni "Manchester Siti" (7,43 mln evro) yakunlab bergan. Keyingi o'rinlarda "Bavariya" (7,38 mln evro), "PSJ" va "Arsenal" klublari (ikkalasi ham - 7 mln evro) bormoqda. Keyingi o'rinlarni "Liverpul" va "Manchester Yunayted" (ikkalasi - 6 mln evro), "Chelsi" va "Tottenxem" (4,5 mln evro) egalladi.