«Real» «Fiorentina» bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Madridning «Real» klubi yangi mavsumga tayyorgarlik rejasini aniqlab oldi. Mundo Deportivo nashriga ko'ra, jamoa 1 avgust kuni Avstriyaning Klagenfurt shahrida «Fiorentina»ga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
«Fiorentina» bilan bo'ladigan bahs jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi va yoz davomida davom etayotgan tarkibni qayta qurish jarayonidagi ilk sinovlardan biri hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, «Real» bu yozda katta hajmdagi tijorat turnesini rejalashtirmagan. Tayyorgarlik asosan Valdebebasda o'tadi va jamoa 13 iyuldan mashg'ulotlarni boshlaydi.
Terma jamoalari jahon chempionatini erta tark etgani sababli, ba'zi futbolchilar jamoaga kutilganidan ertaroq qo'shiladi. Ular orasida Federiko Valverde va Arda Gyuler ham bor.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar