«Real» Ferlan Mendi bilan shartnomani bekor qilmoqchi

«Real» himoyachisi Ferlan Mendi klubsiz qoladi. «Qaymoqranglilar» unga chiqish eshigini ko'rsatishdi.
Cadena SER nashrining xabar berishicha, «Real» Eden Azar va Dani Sebalos bilan shartnomalar ilgari bekor qilingani kabi, Mendi bilan ham bitimni muddatidan oldin bekor qilmoqchi.
Klub allaqachon Ferlanga moliyaviy kompensatsiya taklif etgan. Mendining doimiy jarohatlari vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda, chunki shu sababli hozirda hech bir klub uni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmayapti.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar