«Real» muxlislari «Santyago Bernabeu» stadionida Chempionlar ligasi o'tish bosqichi doirasidagi «Benfika»ga qarshi javob o'yini oldidan «Irqchilikka yo'q» yozuvli bannerni namoyish etishdi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliyada bo'lib o'tgan ilk uchrashuvda «Real» 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. O'sha o'yinning ikkinchi bo'limida madridliklar vingeri Vinisius Junior hakam Fransua Leteksega Janluka Prestianni og'zini libosi bilan to'sgan holda uni «maymun» deb ataganini aytgandi. «Burgutlar» vingeri keyinchalik braziliyalik futbolchini irqiy mansubligi bo'yicha haqorat qilmaganini da'vo qildi. UEFA argentinalik futbolchini vaqtinchalik chetlatdi va u bugungi bahsni o'tkazib yubormoqda.