«Real» Madrid klubi so'nggi bir necha soat ichida «Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rishga qaror qildi. Bu haqda «As» nashri xabar bermoqda.

Madrid klubi yaqin kunlarda londonliklar bilan muzokaralarni boshlaydi. 25 yoshli futbolchining o'zi ham Ispaniya jamoasiga qo'shilishga tayyor, chunki u «Real»ga transfer amalga oshishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishini ma'lum qilib ulgurgan.

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourino Entsoni o'z loyihasi uchun ideal yarim himoyachi sifatida ko'rmoqda.

Avvalroq «Chelsi» argentinalik futbolchini 120 million funt evaziga sotishga tayyor ekanligi xabar qilingan edi.

Manba: Stadion.uz