«Real» Entso Fernandes uchun ulkan taklif tayyorladi

Madridliklar futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, «Real» «Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda.
Ispaniya grandi futbolchi uchun katta mablag' ajratishga tayyor. Madrid klubi Entso uchun 104,1 million funtdan ko'proq mablag' taklif qilishni rejalashtirgan.
Joriy mavsumda Entso Fernandes «Chelsi» tarkibida 49 ta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali o'yinchining qiymatini 90 million evroga baholamoqda.