Jurnalist Tomas Gonsales-Martin «Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandesning «Real»ga o'tishi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Entso Fernandesning agenti Xaver Pastor o'z mijozining «Chelsi»dan «Real»ga o'tishini yakunlash uchun Jorje Mendesh bilan aloqada bo'lib turibdi. «Chelsi» 138 million evro talab qilmoqda, ammo «Real» 100 million evrodan ortiq mablag' to'lashni yoki kelishuvga boshqa o'yinchilarni qo'shishni istamayapti», — dedi Gonsales-Martin.

Entso Fernandes 2023 yilda 121 million evro evaziga «Benfika»dan «Chelsi»ga o'tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi «ko'klar» safida barcha turnirlarda 53 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.