Londonning «Chelsi» klubiga tegishli bo'lgan argentinalik yarim himoyachi Entso Fernandes Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peresning bosh maqsadi bo'lib turibdi. Bu haqda Defensa Central jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, «qirollik» klubi Fernandes uchun bir yo'la ikki nafar futbolchisini taklif qilishga tayyor. Unga ko'ra, qanot himoyachisi Alvaro Karreras va yarim himoyachi Eduardo Kamavinga «Stemford Bridj»ga ko'chib o'tishi mumkin.

25 yoshli argentinalik futbolchining transfer qiymati 90 million evroga baholanmoqda. Fernandes va «aristokratlar» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Manba: Stadion.uz